Geokriologiya
Geokriologiya (Geo… va …krio- logiya) — er po’stidagi muzlagan (to’ngan) qatlam (kriolitozona)ning tuzilishi, tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixini, shuningdek ularning to’ngishi va erishi b-n bog’liq jarayonlarning geofizik va geologik qonuniyatlarini hamda kriogen geologik jarayon va hodisalarni urgana- digan fan. Umumiy, regional va tarixiy, muzlagan tog’jinslari termodinamika- si, tog’jinslari, muzlagan tog’jinsla- ri va muzliklar, muhandislik, krioli- tozonadagi er osti suvlarini tadqiq qilish, kriolitologiya, meliorativ g.ga bo’linadi. G. metodlariga geokriologik s’yomka va xarita tuzish, shuningdek muzla- gan tog jinslari qalin qatlamlarining geodinamik rejimi, geokriogen jara- yon va hodisalar natijasida mavsumiy muzlash va erib ketishni muntazam ku- zatishlar kiradi. Bulardan tashqari g. muzlagan gruntlarning fizik-mexanik va issiqlik fizikasi xossalarini lab. da urganadi. Muzlash va erib ketish jarayonlarini hal etishda g. matemati- ka metodlari va EHMdan foydalanadi. G. fan sifatida 20-a.da geol., geogr., Geo- fizika va muhandislik-texnika fanlari b-n birga paydo buddi. G. buyicha 1940-y. larda keng miqyosda i. t.lar utkazildi. 1950-y.larda i. t.lar amaliyotiga «Geo- kriologiya» termini kiritildi.