GEOLOGIYA VA GEOFIZIKA INSTITUTI

GEOLOGIYA VA GEOFIZIKA INSTITUTI – O’zbekiston FA H. M. AB- dullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti — O’zbekistondagi yirik i. t. muassasalardan biri. 1937 y. O’zbekiston XKS qoshidagi O’zbekiston fanlar ko- miteta (1943 y.dan, Usfa)ning geol. Va mineral resurslar i. t. sektorlarining gidrogeologiya va muhandislik Geolo- giyasi negizida Toshkent sh.da tashkil etilgan. 1959 y.da in-dan neft va gaz konlari geol.si va razvedkasi, 1960 y.da Gidrogeologiya va muhandislik geologi- esi in-tvari ajralib chikdi. 1962 y.da institutga H. M. Abdullaev nomi be- rigan. 1966 y.da in-tning seysmologiya bo’limi asosida O’zbekiston FA Seys- mologiya i. t. instituta tashkil etildi. In-tning ilmiy yo’nalishlarini bel- gilashda O’zbekiston FA akad.lari H. M. Abdullaev, A. S. Uklonskiy, G’. O. Mavlonov, V. I. Popov, I. Hamroboev, O. M. Akramxo’jaev, F. A. Usmonov, T. N. Dolimos, muxbir a’zolari E. M. Isamuhamedov, A. V. Korolev, E. M. Bu- tovskaya, o. M. Borisov; fan D-rlari M. O. Ahmadjonov, S. T. Badalov, Q. L. Boboev, N. P. Vasilkovskiy, M. 3. Zo- Kirov, P. V. Pankratev, A. V. Pokrov- skiy, R. A. Musin, M. I. Ismoilov, fan nomzodlari N. P. Petrov, A. A. Krey- ter va b. salmoqli hissa qo’shdilar. In-tdagi barcha i. t.lar 11 lab.da olib bo- riladi. In-t O’zbekistonda geol. fani- ning turli yo’nalishida olib borilgan fundamental tadqiqotlarning markazi bo’lib keldi. Xususan rudali konlarning tarqalish qonuniyatlarini o’rganadigan fan — metallogeniyaning asoschilari- dan biri H. M. Abdullaevning geol. FA- nining rivojlanishidagi xizmatlari beqiyos bo’ldi. 1990-y.larda in-tda me- tallogeniyaning yangi yo’nalishi — stati- stik metallogeniyaga asos solindi. In-t O’zbekiston va Urta Osiyoda tadqiqotlar bo’yicha muvofiqlashtiruvchi bosh tash- kilot hisoblanadi (Urta Osiyo petrogra- fiya qo’mitasi tashkil etilgan). In-tda geol.ning termometriya (termobarokimyo), mutlaq geoxronologiya (izotoplar Geolo- giyasi), biokimyo, eksperimental Petro- grafiya va mineralogiya, matematik geol., mikromineralogiya, texnologik geokimyo kabi yangi yo’nalishlari tashkil qilindi. Er po’stining chuqur qismlari va yuqori mantiyasini kompleks o’rganish (I. H. Hamroboev, E. M. Butovskaya) «Yuqori mantiya», «Pomir-Himolay loyihasi», «Litosfera» xalqaro dasturlari doira- sida amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar natijasida O’rta Osiyoda er po’stining chuqur qismlari haqida dastlabki ma’- lumotlar olindi. In-tda geol. fani- ning fundamental yo’nalishlari amaliyot b-n uzviy bog’liq holda olib boriladi. O’zbekistonda bir qancha rudali maydon- lar o’rganildi, is-tiqboli aniqlandi. Muruntov, Charmiton, Ko’kpatos oltin konlari, Shovozsoy litiy koni ochildi. In-t Olmaliq, Navoiy va Marjonbuloq kon-metallurgiya k-tlarining texnologik liniyalari qurilishida ishtirok etdi. 1990-y.larda in-tda mineral xom ashyolar- ni baholash va qayta ishlash texnologiya- larini mineralogik-geokimyoviy asosla- ri bo’yicha yangi yo’nalish tashkil qilindi. In-tda qariyb 170 xodim, jumladan O’zbekistan FA akad., 16 fan dri va 34 fan nomzodi xizmat qiladi (2001). Bular orasida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arboblari (I. H. Ham-roboev, S. T. Badalov, E. M. Butovskaya, F. A. Usmo- Nov), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Geo- loglar bor. In-tda olib borilgan i. t.lar 5 marta A. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofo-ti b-n takdirlangan (1970, 1977, 1981, 1986, 1988). Ayni payt- da in-tda xalqaro dastur bo’yicha ham i. t. ishlari bajariladi. 12 mamlakat (AQSh, Kanada, Xitoy va b.) b-n hamkorlikda Er po’sti chuqur qatlamlarining tuzili- shi b-n metall kontsentrasiyalarining o’zaro bog’liqligi; Frantsiyaning GRE- Nobl un-ti olimlari b-n hamkorlikda neft-gazli hududlarda texnogen zilzi- lalarning vujudga kelish omillari va ularni bashoratlash; Germaniya (Bavariya eri)dagi Bayryoyt un-ti b-n hamkorlikda muzliklarning iqlim, tuproq hosil bo’lishiga va ekologiya ta’siri muammo- lari ustida i. t. ishlari bajarilmoqda. Abdujalil Ortiqov.