Geomorfologiya

Geomorfologiya (Geo…, Yun. morphe — shakl va …logiya) — er yuzasi- ning relefi haqidagi fan. G. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, Yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hoz. dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini o’rganadi. Hoz. geologik davrdagi relefni g. er yuzasining o’tmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida o’rganadi. Er yuzasi bir tomondan er po’stini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda at- mosferani bir-biridan ajratib turadi- gan chegaradir. Er yuzasiga bir vaqtning o’zida relefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar ta’sir etadi. Og’irlik kuchining bevosita ta’- siri ostida sodir bo’ladigan gravitasiya jarayonlari ham relef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Er—Quyosh—oy si- stemasining o’zaro tortishish kuchi ham er relefi ga katta ta’sir ko’rsatadi (den- giz va okean suvlarining, er po’stining ko’tarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati er relefining o’zgarishida katta omil hisoblanadi. G.ning asosiy printsiplaridan biri shuki, relef geografik komponentlar- dan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit b-n bevosita bog’liq holda o’rganiladi. Rel’efga boshqa omil- lar ta’sir etibgina qolmay, relefning o’zi ham ularga ta’sir ko’rsatadi va ular orkali o’ziga ham ta’sir etadi. Litos- fera, atmosfera, gidrosfera va biosfe- ralgf o’rtasidagi o’zaro murakkab aloqa G.ning er haqida fanlar sistemasida tutgan o’rnini belgilab beradi. Geoldan olingan ma’lumotlar va metodlardan relefning urganilayotgan joydagi Geo- logik tuzilishi va taraqqiyotiga bog’liq ekanligini aniqdashda foydalaniladi. Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidro- logiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan ma’lumotlar re- lefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga bo- glis ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan ma’lumotlar esa re- Lef taraqqiyoti jarayonining tabi- iy mohiyati va erning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari b-n o’zaro munosabatini o’rganish uchun kerak. G. bir qancha tarmoqlarga bo’linadi; u mumiy g.—relefning shakllani- shi haqidagi juda keng masalalarni o’rganadi;xususiy g.— relefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik ko’rsatkichlar bo’yicha tadqiq etadi; re- gional g. — er yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relefini o’rganadi; er relefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy G. tomonidan o’rganiladi. G.ning alohida tarmog’i — paleogeomorfologiya o’tmish geologik davrlarning (ko’pincha ko’milib yotgan) relefini o’rganadi va uzok, Geo- logik davrlarda er yuzasining qanday bo’lganini aniqlaydi. Xo’jalikka te- gishli masalalarni hal qilishda ishla- tiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari ama- liy g. tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy G. bir qancha bo’limlarni o’z ichi- ga oladi. Ulardan eng yiriklari: materi- klarning er yuzasi relefini o’rganadigan quruqli k g.si va dengiz hamda ocean tubi relefini o’rganadigan dengiz g.si. Ko’pgina nazariy masalalar matema- tik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. G.ning asosiy ish metodi dala ekspedisiyalari tadqiqotlari, Geo- morfologik s’yomka yordamida maxsus geomorfologik xaritalar tuzishdan iboratdir. Ekspedision tadqiqotlar b-n birga stasionar va eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar o’tkaziladi. Dala ishlari xaritagrafiya va geodeziya me- todlari, aerometod, geofizika va b. instrumenta ™ kuzatish metodlari aso- sida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini geomorfologik tadqiq qilishda navigasiya apparaturasi, exolot, seysmo- zond va b. asboblardan foydalaniladi. G. ma’lumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish g.si), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va t. y., dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik g.si), may- dondan xo’jalikda va q. x.da foydala- nish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chikishda foydala- niladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qiladi. G. mustaqil fan sifatida 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida shakllandi. Chet el olim- laridan birinchilardan bo’lib g.ning na- zariy, metodologik va amaliy asoslari- ni u. M.Deyvis (Amerika G. maktabining etakchisi) b-n V. Penk (Evropa G. makta- bining etakchisi) yaratdi. Ular relef taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada G. Er haqidagi fanlar ora- sidan mustahkam o’rin oldi. Rossiyada G.ga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchaev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomor- fologik o’rganishda va g.ning nazariy kontsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-a. ning o’rtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomor- folog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, erning morfostruktura- si va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik tsikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantir- dilar. Er po’sti va mantiyasining tarki- bi haqidagi yangi ma’lumotlar asosida er relefi va dunyo okeani tubi rele- fining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi kontsepsiyalar yaratilmoqda. Relefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, to’ng er, eol releflarning shakllanishi, qirg’oqlar morfologiya- si masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regi- onal geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfolo- gik xaritalarni tuzish metodikasi ish- lab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning xaritagrafik metodi, aerometod, Geo- dezik va geofizik metodlar, stasionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relef geome- triyasi, kinematika va dinamikasi masa- lalariga alohida e’tibor berilmoqda. G.ning rivojlanishiga o’zbekistonlik olimlardan G’. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyu- Xin va b. ham salmokli hissa qo’shdilar. Xalqaro miqyosda g. ishlarini koor- dinasiyalash xalqaro geografiya itti- foqining komissiya va yordamchi komissi- yalari tomonidan amalga oshiriladi (ama- liy g., geomorfologik xaritagrafiyalash metodikasi va b. bo’iicha). O’zbekistonda geomorfologlarning ishlari va g. masala- lari O’zbekistan FA Seysmologiya in-ti qoshidagi Geografiya bo’limi tomonidan koordinasiyalanadi va Geografiya jamiya- tining s’ezdlarida muhokama qilinadi. Ad.: King L., Morfologiya zemli. Izuche- Nie i sintez svedeniy o relefe zemli, |Per. s ang.1, M., 1967; Leontev O. K., Ri- natov g. I ., Obtshaya geomorfologiya, M., 1988; Soatov A. A., Shermatov M . Sh ., Dare vodiylari va terrasalari, T., 1972. Abdurasul Soatov.