Geosinklinal
Geosinklinal (Geo… va sin- klinal), geosinklinal mintaqa — er po’stining uzun (o’n, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur cho’kmasi. Dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, er yoriqpari b-n chegaralangan, cho’kindi va vulkan jinslarining qalin qatlami b-n to’lgan bo’ladi. Uzoq davom etgan shiddat- li tektonik deformasiyalar natijasida G. murakkab burmali struktura — tog’ tizimlariga aylanadi. Odatda, okean- dan qitaga o’tish zonasida yoki qit’alar oralig’ida joylashadi. G. okean tubi er po’stining qit’a er po’stiga aylanishi deb tushuniladi. Hoz. zamon g. analogi- ga chekka va ichki dengizlarning (chuqur suv osti novlari b-n birga) orollar yoyi misol bo’la oladi. Shu ma’noda g. — geosinklinal mintaqa sinonimi. 10-a.da Abu Rayhon Beruniy o’z davri fan yutuqlarini umumlashtirib tog’larning paydo bo’lishi va yo’q bo’lib ketishi ta- biiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olga surgan edi. G. tushunchasini fanga kiritishni 1873 y.da amerikalik olim J. Dana taklif etgan. Uning fikricha, burmalanish ja- rayoni va cho’kindi jinslarning ko’plab to’planishi b-n tog’hosil bo’lish jarayoni o’rtasida genetik birlik bor. 20-a. bosh- larida bu ta’limotni evropalik olim- lardan E. Og (frantsuz), g. Shtille va E. Kraus (nemis), E. Argon va P. Arbentslar (shveytsariyalik) yanada rivojlantirib, uning davriy qonuniyati, joylanishi va tuzilishi ustida ilmiy ishlar olib bordilar. G. xiyla murakkab, uning tur- li xillari ma’lum. Er po’stining eng yirik g. strukturalari birlashib g. mintaqasini tashkil etadi (H. M. AB- dullaev, yu. M. Sheynman, V. E. Xain). Evrosiyo materigida to’rtga: O’rta dengiz, Ural-Mongoliya, tinch okean va Atlanti- ka g. mintaqalari bor. Bularga tuzilishi bir xil bo’lgan turli yoshdagi burmalan- gan tog’liklar mansub, ular qad. platfor- malar b-n chegaralangan. G. mintaqalar o’z navbatida g. obla-stlarga bo’linadi. G. oblastlar umumiy yo’nalishdagi har xil tarkibga, tuzilishga ega bo’lgan bir qancha g.lardan va o’rtalik massivlardan tashkil topgan. G.larning uz. 2000 km gacha, eni 50 dan 150 km ga etadi. G. bur- malanish fazasi b-n farqlanadi, mas, gersin burmalanish fazasi, kaledon bur- malanish fazasi. G. dastlab tez cho’kadi va oxirgi davrida, aksincha, ko’tariladi, burmalanadi va, nihoyat, tog’liklar hosil qiladi. Uning vujudga kelishi va ri- vojlanishi chuqur darzlar paydo bo’lishi b-n bog’liq. G. oblasti r-nlarida kuchli burmalanish, shiddatli vulkan, intru- Ziv paydo bo’lish jarayonlari va kuchli zilzilalar bo’ladi. G.lar cho’kindi jin- slarning qalinligiga qarab sinklino – riy va antikli-noriy strukturalari ga, tuzilishiga qarab evgeosinklinal va miogeosinklinalga bo’linadi. G.ning rivojlanishi davriy qonuniyat asosida boradi va bir tektonik tsikl davomida bo’ladigan va bir-biriga qarama-qarshi ikki boshlang’ich hamda etuk bosqichlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqichda g. tez cho’kadi, natijada V shakldagi darzlar b-n chegaralangan chuqur dengiz havzalari vujudga kelib, cho’kindi jinslar ko’p to’planadi. Bunda asosli va o’ta asosli magmatik jarayonlar bo’ladi. Ikkinchi bosqich ko’tarilish davrida g. sistema- ga aylanadi, tog’liklar qad ko’taradi. Cho’kindi jinslar burmalanadi, deyarli o’rta tarkibli lavalar oqib chiqadi, in- truzivlar hosil bo’ladi, metamorfizm (tog’jinslarining o’zgarishi) kuchaya- Di. Zilzila o’choqlari doim harakatda bo’ladi. G. cho’kish va ko’tarilish davri- da atrofdagi strukturalar ham ancha o’zgaradi. Cho’kish davrida g. atrofida havzalar vujudga keladi, ko’tarilish dav- rida esa tog’oldi chuqurliklari hosil bo’lib, ularda cho’kindi, molass formasi- yalari to’planadi. G.ning davriy rivoj- lanish qonuniyatiga asoslanib, paleozoy erasida kaledon, gersin, mezokaynozoy erasida Alp g. burmalanish tsiklla- ri bo’lganligi aniqlangan. Qozog’iston hududidagi Talas, Qirg’iziston tizma tog’lari kaledon burmalanish fazasida, O’zbekistan va Qirg’iziston hududidagi Olay, Zarafshon, Turkiston, Chatqol, Ugom, Piskom tog’lari gersin burma- lanish fazasida paydo bo’lgan g.lar hisoblanadi. G.da temir, mis, qo’rg’oshin, qalay, volfram konlari bo’ladi. G. ma’- lum hududning geologik rivojlanish ta- rixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.