GEOSTRATEGIK MINTAQA

GEOSTRATEGIK MINTAQA — bu alohida davlatlar yoki davlatlar guruhining turli xil qarama-qarshi manfaatlari joylashgan yirik geografik makon bo’lib, geostrategik mintaqa o’zaro bog’liq va o’zaro daxldor bo’lgan milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ifoda etadi. Ko’pgina manbalarda ―Geostrategik Region‖ deb yuritiladigan ushbu tushuncha xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni qo’llab quvvatlash uchun ro’y berishi ehtimoli bo’lgan harbiy tahdidlardan ogoh etish va neytrallashtirish (Shimoliy Amerika, Yevroosiyo, Afrika geostrategik mintaqa va boshqalar) bo’yicha chora-tadbirlar tizimini ro’yobga chiqarishda umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan yer hududining bir qismini ifoda etadi.