Geotektura

Geotektura – Yer sharining eng katta relyef shakllari. Geotekturaga materiklar, okean botiqlari, eng katta tog` sistemalari (masalan, And, Tyanshan, Pomir-Oloy, Himolay kabi tog` sistemalari), yassi tog`liklar (masalan, O`rta Sibir yassi tog`ligi) va tekislik o`lkalari kiradi. Atamani fanga 1946-yilda akademik I.P.Gerasimov kiritgan.