Geotermika
Geotermika (Geo… va Yun. therme — issiqlik, isitma) — er- ning issiqlik maydonini o’rganuvchi fan. Er qobig’idagi qatlamlardan issiqlikning ko’tarilishi (o’tishi) tog’ jinslarining issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqdik singdiruvchanligi, t-ra T o’tkazuvchanligi b-n bog’liqdir. Er yuza- sidagi t-raning tarqalishi tashqi sharo- itlarga ham bog’liq. 15 km va undan ortiq chuqurlikda t-raning miqdor o’zgarishi juda ham kichik (gradusning ulushi). T-raning bunday o’zgarishi er zamini- dagi sharoit va uning yuzasidagi qad. issiqlik manbalari b-n bog’liqdir. Er osti suvi va relef erning faqat 100- 200 m chuqurligigacha t-ra o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Erning t-ra ma’lu- motlari parmalangan quduqlar, tog’jin- slari, zamindan chiqayotgan lavalariing t-rasini bevosita o’lchash, chuqurdagi moddalarning elektr o’tkazuvchanligini baholash va har xil nazariy hisoblash b-n (issiqlik manbalarining joylashi- shi, issiqlik tarixining tahdili asosi- da) yig’iladi. Bu ma’lumotlar t-raning Er yuzasidan chuqurlikka qarab orti- shini ko’rsatadi. Bu ortish tezligi har xil chuqurlik va hududlarda o’zgaruvchan bo’lib, issiqlik o’tkazish koeffitsen- ti X va issiqlik oqimining zichligi Q b-n bog’liqligi aniqlangan. Erning yuqori qatlamidagi kristallangan ya =(5-8)* 10° va cho’kindi jinslardax=(2- 5)*10~3kal/smstrad. b-n ifodalanadi. O’rtacha Q erda — 1,2—1,5, okeandagi chuqur botiqlarda — 0,2-0,6, qalqonlarda — 0,7—1,1, okean oralig’idagi tiz- malar va ba’zi geosinklinallarda — (2,5)-8*10~6 kal/sm2s ga tengdir. Juda yuqori Q miqdori otilib turgan vulkanlar maydoniga taalluqdidir. Q ning anomal holati geoidning ellip- Soid yuzasidan qochish qiymatining taxm. tarqalishiga mos keladi. Bu esa mantiyadagi harakat yo’nalishi (konvek- tsiya) kataklarining borligi b-n Q ning bog’liqligini ko’rsatadi. Erdan ajra- lib chiqayotgan issiqlikning ko’p qismi jinslarning issiqlik o’tkazuvchanligi b-n bog’liq. Bunda issiq suvlarning harakati, vulkanlarning otilishi va b. jarayonlarning uncha ahamiyati yo’q. Za- monaviy issiqlik oqimining tabiati- ni tushuntirish uchun erdagi qalinligi 20-25 km «granit» va 100-200 km «ba- zalt» qatlamlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlash lozim. Za- mindagi t-Rani baholash esa juda aniq emas, chunki chuqurlik ortishi b-n xato- lik ham ortib boradi. Buning sababi t-ra jarayonini tashkil qiluvchi t-ra manba- larning aniqmasligidadir. Erning 100 km chuqurliqida t-ra 1000— 1400° ga tengligi har xil usullar b-n aniqlangan bo’lsada, bundan ham chuqurroqda t-ra 2,0—2,5 marta farqlanadi. O’zbekistonning Chust-Pop hududida issiqlik anomaliya maydoni mavjud. Qad. geotermik davrlardagi t-ra sharoit- lari har xil metamorfizm fasiyalariga taalluqli tog’jinslarining va intru- zivlarning mavjudligi hamda qator ki- myoviy elementlarning izotop nisbat- lari (ko’pincha, kislorod qo’llaniladi) asosida topiladi. Olingan ma’lumot va xulosalardan geodinamika, geotek- tonika, magmatizm, uran, neft-gaz, issiq ma’danli suv manbalarini, ta- biiy bug’konlarini izlash va qidirish, tog’-texnik sharoitni baholash, bo’lajak zilzila o’choqlarini aniqlash, geofizik muammolarni echishda foydalaniladi. Akbar Yormuhamedov, Qahhorboy Abdul- labekov.