GEOXRONOLOGIK SHKALA

GEOXRONOLOGIK SHKALA – umumiy stratigrafik shkala birli- klariga ekvivalent bo’lgan geoxrono- logik bo’limlarning ierarxiya (quyi bo’limlarning yuqori bo’limlarga bosqichma-bosqich bo’ysunish) sistemasi. Geoxronologik bo’limlar ilmiy jihatdan kuraviy miqyosda tarqalgan, ammo kesimlarning to’liq emasligi va izoxron satxlarni kuzatish usullari- ning chegaralanganligi sababli faqat yirik geoxronologik bo’limlargina keng miqyosda belgilangan. Radiologik geoxronometriya ma’lumotlari bo’yicha hoz. vaqtda fanerozoy eratema, sistema, bo’lim, yarus, davrlarining hamda bir qancha zamon va asrlarning davom et- gan vaqti aniqlangan. Radiologik yoshni aniqlash tokembriy g.sh. uchun ayniqsa muhim, chunki tokembriy uchun hozirgacha umumiy qabul qilingan bo’limlar yo’q (q. Geoxronologiya).