Gepatit
Gepatit (Yun. hepar; hepatos — Ji- gar) — jigar yallig’lanishi b-n kechadigan kasalliklar guruhi. Infektsion (virus- li gepatit A, V, S, E, D) yoki noinfektsi- on g. (mas, ovqatdan zaharlanish) hamda birlamchi va ikkilamchi infektsion g. bo’ladi. G. brusellyoz, bezgak, zaxm va b. infektsion kasalliklar, shuningdek Su- runkali me’da-ichak kasalliklarida ku- zatiladi. Mishyak, zaharli zamburug’lar, kampirchopon (geliotrop), sanoatda, q. x. va ro’zg’orda ishlatiladigan zaharlar (dixlofos, xlorofos, karbofos, al- kogol)dan zaharlanish ham g.ga sabab bo’lishi mumkin. Alkogolizmda G. og’ir o’tib, jigar irib ketishi (nekroz) mum- kin. G. o’tkir va surunkali bo’ladi. Utkir G.da ko’z oqi va badan sargayadi, jigar kattalashadi, jigar sohasida og’irlik va og’riq paydo bo’ladi, bemorning ko’ngli aynib, qusadi, ishtahasi yo’qoladi, og’zi taxir bo’ladi. Ba’zan homiladorlik tok- sikozlarida ham o’tkir g. ro’y beradi. O’tkir G. o’z vaqtida davolanmasa, bemor parhez qilmasa, jigarning maxsus (Pa- renximatoz) to’qimasi biriktiruvchi to’qima b-n almashinadi (q. Jigar tsir- rozi). O’tkir G. ba’zan 2-3 oyga cho’zilib, surunkali g.ga aylanadi. Kasallikming boshlanish davrida bemorning ahvoli deyarli o’zgarmaydi, hatto ishlayveradi, kasallik esa zo’raya boradi. Bemorning ko’z oqi va badani sarg’ayganda, t-rasi normal bo’lsa ham, o’ringa yotqizib, vrach chaqirish kerak. G. zaharlanish oqibati bo’lsa, bemorni darhol kasalxonaga joy- lashtirish lozim. G. bo’lgan bemor yoti- shi, jigar sohasini issiq tutishi kerak. Bemor ovqatida oson hazm bo’ladigan uglevod, oqsil va vitaminlar etarli, yog’kam bo’lishi zarur. Ko’proq ho’l meva, sabzavot sharbati, qand-shakar, murab- bo, asal, oq non, shuningdek, engil hazm bo’ladigan ovqatlar — shirguruch, shov- la, sut, qatiq, pishloq va tvorog buyu- riladi (sutli ovqatlar va, ayniqsa, tvorogda jigar hujayralarini Emi- rilishdan saqdaydigan moddalar bor). Jigar funktsiyasi kasallikdan keyin juda sekin asliga keladi. Surunkali G.ning oldini olish uchun bemor uzoq vaqt (ba’zan bir-ikki yilgacha) sabr- toqat b-n oilaviy vrach nazoratida da- volanishi, ma’lum tartib (ovqatlanish va dam olish)ga rioya qilishi kerak. Erkin Qosimov.