Gepatoz
Gepatoz (Yun. hepar — jigar va osis — kasallik) — bir qator jigar kasal- liklarining umumiy nomi; yallig’lanish alomatlari ozgina bo’lgani yoki umuman bo’lmagani holda jigar parenximasi- ning distrofik o’zgarishi b-n ifodala- nadi. Yog’li, pigmentli va xolestatik xil- lari bor. Yog’li G.da jigarni yog’bosadi, bu — ovqatlanish tarzi buzilganda, Ji- gar to’qimasiga zaharli, ayniqsa spirtli moddalar ta’sir etganda, shuningdek gi- poksiya va endokrin buzilishlar, xususan kandli diabetda kuzatiladi. Pigment almashinuvi buzilganda pigmentli g. ro’y beradi. Xolesterin va o’t kislotasi almashinuvining buzilishi natijasida jigar ichida o’t turib qolganda yoki ay- Rim dori moddalari, mas, aminazin, gor- monalkortikosteroid preparatlar suii- ste’mol qilinganda xolestati k g. paydo bo’ladi. Davo hamda kasallikning oldi- ni olishda eng muhimi g.ga sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat. G.ning hamma xillarida ovqatlanish tartibi, parhezga rioya qilish, agar kasallik bi- ror dori qabul qilinganida ro’y bersa, uni darhol tuxtatish kerak.