GEPIDLAR

GEPIDLAR (lotincha Gepidae) — gotlarga qardosh bo’lgan german qabilalari guruhi. 2-asrda Skandinaviyadan Boltiq dengizining Sharqiy sohiliga ko’chib o’tishgan. 2-asrning oxirida gotlar ortidan Janubi-sharqqa qarab siljishgan. 4-asrning oxirida gunnlarning qabilalar Ittifoqiga kirgan. 6-asrning 2-yarmida langobardlar va avarlarnint birlashgan kuchlari tomonidan bo’ysundirilgan. Gepidlarning qolganlari 9-asrda Venger elatining shakllanishida qatnashgan.