GERA
GERA — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Vayse-Elster daryosi sohilida. Aholisi 128 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. To’qimachilik (jun gazlama to’qishning qad. markazi), mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Poyabzal, rezina, mebel, oziq-ovqat korxonalari, pianino fabrikasi, teatr, botanika bog’i, konchilik instituti bor. 13-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqdangan. Shaharga 995 yilda asos solingan.