GERAKLIY

GERAKLIY — Bospor podsholigining Azov dengizi bo’ylarida joylashgan shahri. Yunon geograflari strabon, Ptolemey asarlarida qayd etilgan. Ko’pchilik olimlarning fikricha, Gerakliyning qoldiqlari Kazantip burnidagi (hozirgi Qrim yarim orolining Misovo qishlog’i yaqinida) shahar xarobasi o’rnida bo’lgan. Qazishmalar natijasida milodning dastlabki asrlariga oid imoratlar qoldiqlari va yong’in qatlami ochilgan. Aftidan Gerakliy taxminan 270 yilda gotlar tomonidan vayron etilgan.