Geron, aleksandriyalik Geron
Geron, aleksandriyalik Geron (Heronus Alexandrinus) (taxm. 1-a.) — yunon olimi. Asarlarida («Pnevmati- ka», «Mexanika») antik dunyo olimlari tatbiqiy mexanika sohasida erishgan asosiy yutuqlarni izchil bayon qilib ber- gan. «Mexanika»da 5 oddiy mashina: ri- chag, chig’ir, pona, vint va blokni tasvir- lagan. O’zi ham mexanizm va avtomatlar yaratgan, bular o’sha davr uchun ancha katta muvaffaqiyat edi. Uning «muqaddas» suv sotish avtomati hoz. gazli suv sotish AV- tomatining o’tmishdoshi hisoblanadi. U yaratgan gidravlik mashinalar yordamida suv chiqargichlar takomillashtirilgan «Dioptr haqida»gi asarida erni suratga olish qoidalari, burchaklar o’lchanadigan asbob — dioptr (hoz. teodolitning o’tmishdoshi) bayon qilingan. «Irg’itish mashinalari tayyorlash haqida» risola- si qad. artilleriya asoslarini yoritgan. G.ning mat.ga oid asarlari qad. Zamon amaliy mat.sining qomusi hisoblanadi. «Metrika» asarida turli geometric shakllarni aniq va taqribiy hisoblash qoidalari va formulalari keltirilgan (q. Geron formulasi).