Gerontologiya
Gerontologiya (Yun. geron, gerontos —keksa, kari va … logiya) — tirik organizmlar, jumladan, odam- ning qarish jarayonini o’rganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir bo’limi. Yoshi kashtan organizm kasalli- klarining xususiyatlari haqidagi ta’- limot —geriatriya, keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasi haqidagi ta’limot —gerogigiena, keksalar psi- xikasi va fe’l-atvorini o’rganadigan ta’limot — gerontopsixologiya g.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infektsi- on kasalliklardan nobud bo’lishning hamda bolalar o’limining kamayishi va b. omillar umr uzayishiga yordam beradi. Qarish sabablari haqida bir necha naza- riya ilgari surildi. I. I. Mechnikov Fi- kricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashinuvi mahsulotlari va organizmning o’zida azotli moddalar almashinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kishi organizmini zaharlab, qarishga sabab bo’ladi. Hoz. G. qarish sabablari va mexanizmlarini moleku- la va hujayradan tortib to butun orga- nizm darajasida o’rganmoqda. G., asosan, eksperimental, klinik va ijtimoiy yo’nalishlarda rivojlanmoqda. G.ning ijtimoiy gigiena sohasidagi i.t.lari barvaqt qarish sabablarini ijtimoiy sharoitga, kishilarning yashash tarziga bog’lab o’rganish, keksaygan kishilar- ning moddiy ta’minoti, mehnat qilishi, ovqatlanishi, yurish-turishini maqsadga muvofiq tashkil etish, ijtimoiy va tib- biy yordam berishning eng maqbul usul- larini qidirib topishga qaratilgan. O’zbekistonda G. va geriatriya muammo- lari I va II toshti, vrachlar malakasini oshirish in-ti ichki va asab kasalli- klari hamda jarrohlik kafedralari- da prof.lar R. M. Nurmuhamedov, A. R. Rahimjonov, E. Y. Qosimov, N. N. Na- sriddinova, M. G. Rustamovalar, dosent- lar L. E. Otaxonova, M. H. Hojiboev va b. tomonidan o’rganilmoqda. Ibn Sino Xalqaro jamg’armasi qoshida tashkil qilingan Ibn Sino gerontologiya Mar- kazi (2000 y.) da ham g. sohasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda (Sh. B. Er- Gashev, L. E. Yo’ldosheva va b.).