Gessen pashshasi
Gessen pashshasi (Mayetiola destructor) —g’urra yasarlar oilasiga man- sub zararkunanda hasharot. Uz. 2,5— 3,5 mm, qo’ng’ir tusda. Urg’ochisining qornida qizil yoki qo’ng’ir-sariq dog’lar, biqinida pushti chiziqlar bor. Ko’kragi qora. Mo’ylovi qo’ng’ir-sariq. Qanotining uchi doira shaklda, chetida tukchalari bor, oyog’i uzun. G. p. keng tarqalgan. Asosan, kuzgi bug’doyda soxta pilla davrida qishlaydi. Pashshalar g’umbdklari mart, apr.da uchib chiqadi. G.p. bug’doy, ba’zan arpa va Jav- dar barglariga 500 tagacha tuxum qo’yadi. Qurtlari barg qinlariga kirib g’urra hosil qiladi. Bir yil davomida uchta nasli rivojlanadi. Quruq va issiq yozda rivojlanishi to’xtaydi, g’alla o’rimidan kuzgi ekinlar ekilguncha soxta pilla davrida qoladi. G.p. b-n shikastlangan o’simlik qoramtir tusga kirib, bargla- ri yiriklashadi, poyasi yo’g’onlashadi va so’liy boshlaydi. Ba’zan qurib qoladi. Kurash choralari: pashsha uchish davrida ekin 30% li metafos yoki sumi-alfa e. k. (0,3 l/ga) purkaladi.