Gestapo

Gestapo (nem. Gestapo, Geheimc Staatspolizei ning qisqartirilgani) — fashistlar Germaniyasida maxfiy davlat polisiyasi. 1933 y. apr.da na- tsizmga qarshi muxolifatni jismonan yo’qotish maqsadida tuzilgan. Germa- niyadan tashqari g. agentlari josuslik b-n shug’ullanib, siyosiy qotilliklarni amalga oshirgan. G. ayniqsa 1939-45 y.lardagi 2-jahon urushi davrida faol harakat qilgan, qator ajal lagerlari tashkil etgan. Germaniyada fashizm tor- mor qilinganidan keyin g. qonundan tashqari deb e’lon etilgan. Nyurnberg prosessiaa g. yuz minglab kishilarning halok bo’lishida aybdor jinoiy tashki- lot, deb tan olingan.