Geterogen sistema

Geterogen sistema (Yun. heterogenes — har xil jinsli) — Fi- zik xossalari yoki kimyoviy tarkiblari jihatdan har xil qismlar (turli faza- lar)dan tuzilgan bir jinsli bo’lmagan fizik-kimyoviy sistema; o’z xossalari- ga ko’ra, ajratuvchi sirtlar b-n ajral- gan turli qismlardan iborat bo’ladi. G. s.ning bir fazasi b-n qo’shni faza o’rtasidagi yuzada sistemaning bir yoki bir necha xossasi (tarkibi, zichligi, kristall panjara parametrlari, elektr yoki magnit maydoni va h.k.) birdani- ga o’zgaradi. Suv va uning ustidagi suv bug’i (agregat holatida farq bor), o’zaro aralashmaydigan ikki suyuqlik — moy va suv (tarkibi farq qiladi) va h. k. G. s.ga misol bo’la oladi. Ko’pincha G. s. b-n gomogen (bir jinsli) sistema o’rtasida keskin chegara yo’q. Mexanik aralashma- lar (suspenziyalar, emulsiyalar) b-n chin (molekulyar) eritmalar oralig’i kolloid eritmalar b-n band. Kolloid eritmalar- da erigan modda zarralari ularga faza tushunchasini tatbiq etib bo’lmaydigan darajada mayda bo’ladi. «G. s.»iborasi fizika va kimyoda, ayniqsa, kimyoviy ter- modinamikada keng qo’llaniladi.