GETEROTROFLAR

GETEROTROFLAR, geterotrof organizmlar (getero… va Yunoncha Trophe — oziq) — o’zining oziqlanishi uchun tayyor organik birikmalardan foydalanadigan organizmlar. Bu bilan Geterotroflar organik birikmalarni mineral moddalar karbon, azot, oltingugurtdan sintez qiladigan avtotroflarvyan farq qiladi. Geterotroflarga deyarli barcha hayvonlar va odam, zamburuglar, bakteriyalar, ayrim parazit o’simliklar (shung’iya, chirmovuq) kiradi.