Getinaks

Getinaks — sintetik smolalar shimdirilgan qog’oz qatlamlarini pres- slab olinadigan material. Bog’lovchi moddalar sifatida ko’proq fenol-for- maldegiddan, kamdan-kam melamin-for- maldegid, epoksid-fenolanilin-for- maldegid smolalardan foydalaniladi. G. tarkibida smola miqdori 40-55% bo’ladi. Ba’zan G. sirtiga zarqog’oz, gazlama, shisha yoki asbest to’qimalar qoplanadi. G.ning mustahkamlik, elektr izolyasiya xossalari yuqori. Listlar va tsilindrik zagotovkalar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Transformator, telefon, radioapparatura bosma sxe- malarini detallari, vtulkalar, tishli g’ildiraklar i.ch. va bezak materiallar sifatida ishlatiladi.