GEYZENBERG (HEISENBERG) VERNER KARL

GEYZENBERG (HEISENBERG) VERNER KARL (1901.5.12, Vyursburg – 1976.1.2, Myunxen) — nemis nazariyotchi-fizigi. Kvant mexanika asoschilaridan biri. Noaniqliklar munosabat ta’riflab bergan (1927). Yoyilish matrisasi degan tushunchani fanga kiritgan (1943). Ilmiy ishlari kvant mexanika, kvant elektrodinamika, maydonning relyativistik nazariyasi, magnetizm, kosmik nurlar fizikasi, elementar zarralar nazariyasi va tabiatshunoslik falsafasiga oid. Nobel mukofoti laureati (1932).