GIALOPLAZMA
GIALOPLAZMA (Yunoncha hyalos — shisha va plazma), asosiy modda — hayvon va o’simlik hujayrasi tsitoplazmasining yorug’lik mikroskopida ko’rinadigan strukturaga ega bo’lmagan qismi. Elektron mikroskopda Gialoplazmaning ultrastrukturasi — membranalari, ribosomalari ko’rinadi. Bu strukturalar oralig’ida matriks, ba’zan g. deb ataladigan gomogen tsitoplazma bo’ladi. Gialoplazmaning bu qismi tarkibiga oqsillar, RNK, polisaxaridlar, lipidlar va boshqalar kiradi.