GIBRID RAKETA DVIGATELI

GIBRID RAKETA DVIGATELI (GRD) — gibrid yonilg’i (qattiq yoqilg’i va suyuq yonilg’i aralashmasi)da ishlaydigan raketa dvigateli; Gibrid raketa dvigatelida qattiq yoqilg’i zaryadi yonish kamerasida turadi, uning ustiga suyuq yonilg’i (oksidlovchi) yuboriladi. Yonish kamerasida yoqilg’i bilan oksidlovchi kimyoviy reaktsiyaga kirishadi.