Gidrofitlar
Gidrofitlar (gidro… va Yun. phyton —o’simlik) —suvda o’sadigan o’simliklar. Pastki qismi suvda, ust- ki qismi suvdan ko’tarilib o’sadi (mas, qamish). Ba’zi G. Daryo, dengiz, ko’l qirg’oqlarida va suvi qurib qolgan nam erlarda ham o’saveradi. G.da ildiz bo’lmaydi yoki juda kuchsiz rivojlangan bo’ladi. Bargi tuksiz. Poyasi va bargla- rining hujayraaro bo’shliqlari katta, havoga to’la bo’ladi. Shu sababli g. suvda qalqib turadi. Ko’pchilik G. torf hosil qiladi. Ba’zi G., ayniqsa bir yillikla- ri chorva mollari uchun ozuqadir.