Gidrofizika
Gidrofizika -geofizika bo’limi. Suvning fizik xossalari va gidrosferavya yuz beradigan fizik ja- rayonlarni o’rganadi. Bundan tashqari, suvning molekulyar tuzilishi, suv, qor va muzning fizik-mexanik xos- salari, radiasion, elektr, radioak- tivlik va akustik xususiyatlari; suv havzasidagi jarayonlar —oqimlar, to’lqinlarning hosil bo’lishi va rivoj- lanishi; suv loyqalarining harakati; suv havzalarining isishi, sovishi va bug’lanishi; qor erishi; quyosh nurining suv sirtiga tushishi va tarqalishini tekshirish b-n shug’ullanadi. G. dengiz fizikasi va quruqlik suvlari fizika- si sohalariga bo’linadi. O’zbekistonda Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasida atrof muhitni muhofaza qilish bora- sida quruqlik suvlarida inson sog’lig’i uchun zararli bo’lgan elementlarni va ularning miqdorini aniqlash va tahlil qilish ishlari b-n shug’ullanadi.