Gidrograf

Gidrograf – suv sarfining ma’lum davr ichida o`zgarishini ifodalovchi grafik. Masalan, daryo gidrografiyasi, asosan, bahorgi yoki yozgi to`lin suv davri uchun, bir yilga tuziladi. Bahorgi yoki yozgi to`lin suv davrining boshlanish va tamom bo`lish kunlarini, suv sarfi maksimumi, minimumi va boshqalarni gidrograf asosida aniqlash mumkin.