Gidroizolyasiya

Gidroizolyasiya (gidro… va Frans. isolation — ajratish) — qurilish konstruktsiyalari, binolar va insho- otlarni suv va b. agressiv (emiruvchi) suyuqliklar ta’siridan, shuningdek in- shootlarni suv yuvib ketishidan, fil- trlanishidan himoya qilish. G. ishlari bino, inshoot va uskunalardan normal foydalanishni ta’minlaydi hamda ularning puxtaligini, ko’pga chidamli- ligini oshiradi. G. bajariladigan ish tarziga ko’ra — filtrlanishga qarshi, korroziyaga qarshi xillarga; ishlati- ladigan asosiy material turiga ko’ra — bitumli, plastmassali, mineral va metall qoplamaning qoplanishiga ko’ra — bo’yaladigan, suvaladigan, elimlana- digan, quyiladigan, shimdiriladigan, in’ektsiyalanadigan, to’qma xillarga; asosiy vazifasi va konstruktiv xusu- siyatiga ko’ra — yuzaki qoplanadigan g., «qisilishga ishlaydigan» va «ajralish- ga ishlaydigan» g. xillarga bo’linadi.