Gidrokortizon, kortizol

Gidrokortizon, kortizol -odam, maymun va itlarning buyrak usti bezi po’stloq qavatida xolesteshidan hosil bo’ladigan steroid gormon. Orga- nizmdan asosan siydik b-n ajraladi. Glyukokortikoid ta’sirga ega — jigar- da glyukoza hosil bo’lishini va uning qondagi miqdorini oshiradi. G. jigarda oqsil va ribonuklein kislota sintezi- ni barqarorlashtiradi, ko’pgina boshqa to’qimalar (mas, limfa, muskul to’qimasi, biriktiruvchi tuqima)da esa bu jarayonni tormozlaydi. G. ajralishini adrenokor- tikotrop gormon ishtirokida gipofiz tartibga solib turadi. Organizm uchun noxush holat yoki biror kasallik ro’y ber- ganda (q. Adaptasiey sindrom, stress) g. hosil bo’lishi jadallashadi. G. va uning preparatlari hamda sun’iy hosilalari — prednizolon, triamsinolon va b. tib- biyot amaliyotida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.