GIDROLOKATSIYA

GIDROLOKATSIYA (gidro… va lotincha locatio —tarqalish) —suv osti ob’yektlari (masalan, suvga cho’kkan kema) vaziyatini ob’ektlarning o’zi tarqatayotgan (sust lokatsiya) yoki sun’iy hosil qilingan akustik signallarning suv ob’yektlaridan qaytishi natijasida yuzaga keladigan (faol lokatsiya) akustik signallar vositasida aniqlash. Gidrolokatsiya kemalar harakatida ko’rinmaydigan suv osti to’siqlarini oshkor qilishda, baliq to’dalarini aniqlashda, okeanning fizik xossalarini tadqiq qilishda, cho’kkan kemalarni izlash va boshqalarda katta ahamiyatga ega.