Gidromexanizasiya

Gidromexanizasiya (gidro… va mexanizasiya) —er qazish va kon ish- larini mexanizasiyalash usullaridan biri. Unda texnologik jarayonlar yoki ularning bir qismi suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladi. Qurilish va kon ishlarida suv energiyasidan foydala- nish mil. AV. 1-a.ga to’g’ri keladi. Suvdan dastlab oltin va qo’rg’oshin qazib olish- da, keyinchalik kanallar, ariq qazishda foydalanganlar. Bora-bora bu ishlar mexanizasiyalashtirilgan. G.dagi asosiy texnologik jarayonlar: kon jins larine o’pirish (gidromonitorlar, zemlesoslar suv oqimi, bosimli yoki bosimsiz gidro- transportdan foydalaniladi), tuproqni oqizib uyum (damba, to’g’on, ko’tarma va b.) hosil qilish, foydali qazilmalarni boyitish. Bulardan tashqari, g.dan ko’mir qazib olishda, kon jinslarini bir joy- dan ikkinchi joyga surishda, ariq va zovurlarni tozalashda, suyuq o’g’itlarni chiqarib olishda, baliq sanoatida baliqlarni to’rdan bo’shatishda, ular- ni baliq z-dlariga tashishda, issiqlik elektr st-yalarida kul, shlaklarni tashish va b.da foydalaniladi.