Gidromonitor

Gidromonitor (gidro… va monitor) —katta bosimli suv oqimi hosil qiladigan va uni zarur joy- ga yo’naltiradigan apparat. Konlarda ko’mir va tog’jinslarini emirish va tashish uchun; q. x.da lavlagi, kartoshka va b.ni loydan tozalash uchun ishlatila- Di. Katta bosimli suv g. stvolidan ot- ilib chiqqan paytda teskari kuch paydo bo’lmasligi uchun quvurdan keladigan yuqori bosimli suv ikki yonga Baro- bar ajralib, so’ngra yana birlashadigan quvurlar yordamida g.ga beriladi. G. va- zifasiga ko’ra, ochiq joylarda, er osti- da ishlatiladigan va maxsus; ish tarziga qarab, o’yadigan va yuvadigan xillarga; vujudga keltiradigan bosimi bo’yicha yuqori bosimli va past bosimli appa- ratlarga bo’linadi. G.lar qo’l yordamida va uzokdan boshqariladigan gidravlik uzat- Mali qilib ishlab chiqariladi. Uzokdan boshqariladigan o’ziyurar g. ayniqsa keng qo’llaniladi.