Gidroslyudalar

Gidroslyudalar —qatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon mineralla- ri. Tarkibida qo’shimcha suv va okso- niy (N3O|+) bo’lishi mumkin. G. turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli o’tishidagi oraliq mahsulotidir. G.ning eng ko’p tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobio- nit. Qizdirilganda G.ning hajmi ancha kengayadi. G.ning aksariyati granit, PEG- matit va b. tog’jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va o’zgarishidan vujudga keladi. Shuningdek, G. alyu- mosilikatli dengiz cho’kindilarining diagenez natijasida parchalanishidan ham hosil bo’ladi. Kamdan-kam g. past haroratli gidrotermal hosilalarida yon- dosh jinslardagi rudali tomirlarning o’zgarishidan paydo bo’ladi. G. adsorbent, mineral o’g’it sifatida ishlatiladi.