GIGROSKOPIK SUV

GIGROSKOPIK SUV – tog’ jinslari zarralarining yuzasini o’rab turuvchi bir molekulali pardasimon suv. Tog’ jinslari zarralari yuzasida molekulyar va elektr kuchlar yordamida ushlanib turib, bir joydan ikkinchi joyga bug’ holatda harakat qiladi. Tog’ jinslaridagi miqdori foizlarda ifodalanadi. Gigroskopik suv gil, soz tuproqlarda yaxshi ushlanib turadi, qum, qumtosh, shag’al-toshlarda uncha ushlanmaydi.