GIJDA
GIJDA —non turi. Tandirda yopiladigan Gijda uchun un elanadi, xamirturush solib xamir qoriladi. Xamir uzoq pishitiladi va o’rab oshiriladi. Oshgan xamirdan 300 gramm atrofida zuvala uzib, non yasaladi, o’rtasiga bir marta chakich uriladi yoki o’rta barmoq kattaligidagi tayokcha chekiladi. Tandirga yopish oldidan har bir nonning orqasiga suv sepilib, yuziga yog surtiladi. Non zavodlarida Gijda maxsus pechlarda pishiriladi.