G’IJDUVON JANGI

G’IJDUVON JANGI – Ubaydullaxon, Bobur va Eron qizilboshlilari qo’shini o’rtasida bo’lgan jang (1512 yil 24 noyabr). Ko’sh Msiik jangidagi g’alabadan keyin Ubaydullaxon Buxoro va Samarqandni egallaydi. Biroq, Eron shohn Ismoil I Safaviy yuborgan Najmi Sonpy boshchiligidagi 60 ming kishilik Safaviylar qo’shiniga suyangan Bobur 1512 yil kuzida G’uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo’shini bu paytda G’ijdunonni qamal qilishga kirishadi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga. Ko’chkunchixon va Temur Sulton Miyonqolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishgan. Turkiston shahridan yetib kelgan Ubaydullaxonning piri va ustozi Mir Arab unga jang oldidan ko’rsatmalar berib va qo’shinini ruhlantirib, G’ijduvon ustiga boshlaydi. Sultonlar qo’shini yetib kelmasdan oldin, G’ijduvondagi oz sonli mudofaachilar qal’adan chiqib, lushman qo’gshini bilan ahyon-ahyonda jangga kirib turishgan. Biroq harbiy rejani puxta amalga oshirgan Ubaydullaxon o’zining oz sonli harbiy dastasi bilan hijriy 918 yil 3-Ramazonda yakshanba kuni (1512 yil 24 noyabr) da G’ijduvon yaqinidagi Zarongari qishlog’ida Najmi Soniy qo’shini ustiga to’satdan hujum qilgan. G’ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo’shin Najmi Soniy va Bobur rahbarligidagi harbiy kuchlarni «to’lg’ama» usulida yenggan. Najmi Soniy hatto kiyimini kiyishga ha.m ulgurmay otta o’tirib qochayotganida Ubaydullaxon jangchilari tomonidan o’rab olingan va o’ldirilgan. Bobur esa Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. Ko’p sonli qizilboshlilar qushpnidan (taxminan 60 ming kishi) faqat oz sonli shialargina Eronga qaytishgan. Manba: Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob, T.. 1993: Zahirpddin Muhammad Bobur, Boburnoma. T.. 2002. Ad.: Istoriya O’zbekistana (XVI — Pervaya polovina XIX veka) t.Z, T.. 1993. Qahramon Rajabov.