G’IJDUVON

G’IJDUVON — Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi shahar (1972 yildan), tuman markazi. Buxoro shahridan 49 kilometr shimoli-Sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qiziltepa (17 kilometr). aholisi 38,6 ming kishi (2003). G’ijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan «Kish Tuvon» («kish» tojikcha ekin ekuvchi, «tuvon» — manzil), ya’ni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki «G’ujudehon» — ko’p qishloqlardan tashkil topgan joy ma’nosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qadimdan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan. G’ijduvon manbalarda qishloq sifatida 10-asrlardan boshlab tilga olinadi. 15— 18-asrlarda G’ijduvon bekligining markazi bo’lgan. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ham G’ijduvon yirik iqtisodiy-ijtimoiy markazlardan hisoblangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida G’ijduvonda 15 ta masjid, 55 xususiy maktab va madrasa, 3 ta hammom, 300 dan ortiq savdo do’konlari, 24 juvozxona faoliyat ko’rsatgan. Shaharda paxta tozalash, meva-sabzavot konserva, g’isht, pivo va yaxna ichimliklar zavodlari, «Buxoroteks» to’qimachilik korxonasi, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, gilam to’qish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, kulolchilik, novvoyxonalar. dehqon bozori, madaniy savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. G’ijduvon Buyuk ipak yo’li yaqinida joylashganligidan hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Shahar kulolchilik. temirchilik, zargarlik, kashtachilik buyumlari. holvapazlik mahsudotlari bilan mashhur. Umumiy ta’lim maktablari. linei, qurilish va tibbiyot kasb-hunar kollejlari. tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogi. muzeylar bor. Stadion. sport saroyn va boshqa sport inshootlari faoliyat ko’rsatadi. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, ayollar konsultasiyasi. dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. G’ijduvon muhim transport yo’llari yoqasida joylashgan. Buxoro va viloyatning boshqa yirik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharla 10 dan ziyod tarixiy me’moriy obidalar bor. Shulardan Abduxoliq G’ijluvoniy masjidi va maqbarasi (12- asr). Ulug’bek madrasasi (1432 — 33). Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15 —16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17- asr), Chorsu masjidi va boshqalar mashhur. Isroil Nazarov. Umar Rashidov.