Gil

Gil – cho`kindi jins. Kaolinit, montmorillonit va gidroslyuda minerallaridan iborat. A.Ye.Fersmanning hisobiga ko`ra, Gil yer po`stining 80% ini, og`irligining esa 4% ini tashkil etadi. Gil tuproq paydo bo`lishi va unumdorligida katta rol o`ynaydi. Gil 0,01 mm va undan kichik gil minerallari zarralaridan iborat, yopishqoq-cho`ziluvchan, suv bilan aralashganda xamirsimon massaga aylanadi, kuydirilganda toshdek qotadi. Gil bosim ta’sirida o`zgarib, gilli slanets va argillitga aylanadi. Gilning boshqa turlariga gilmoya va lyosslar kiradi. Gilmoya xals xo`jaligida keng qo`llaniladi. Mineralogik granulometrik va kimyoviy tarkibi, strukturasi, ion almashinish xossalari undan keng foydalanishga imkon beradi. Kaolinitli gillardan alyuminiy olinadi va olovga chidamli mahsulotlar, chinni va fayans buyumlar ishlanadi. Gidroslyudali gillar qishloq xo`jaligida ishlatiladi. Montmorillonitli gillar sanoat va qishloq xo`jaligida adsorbent katalizatog` rolini o`ynaydi. Kaolinitli gillar Angrenda, Markaziy Qizilsumda, Zirabuloq-Ziyovuddin tog`larida, montmorillonitli gillar Azkamar, Chimyon, Kakaydi va Markaziy Qizilqumda keng tarqalgan.