Gilamchilik sanoati

Gilamchilik sanoati -ta- biiy (hayvon juni, o’simlik tolasi) va sun’iy toladan turli xildagi gilamlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog’i. Gilam- chilik badiiy hunarmandlik sohasi sifa- tida turli davlatlarda o’ziga xos shaklda rivojlanib kelgan (q. Gilamchilik). Sa- noat tarmog’i sifatida 20-a.da shakllan- Di. Bu davrga kelib gilam to’qiydigan maxsus artellar paydo bo’ldi, uni qo’lda to’qishdan asta-sekin mashinada to’qishga o’tila bordi. O’zbekistonda 1978 y.da Xiva gilam to’qish k-ti tashkil etili- shi b-n g.s. mahalliy sanoatning muhim tarmog’iga aylandi. Keyinchalik gilam to’qiydigan korxonalar sonining ortib borishi natijasida g. s. alohida sanoat tarmog’i sifatida ajralib chiqdi. Gi- Lam to’qish ayniqsa mahalliy sanoatda- gi eng rivojlangan tarmoqdardan biri hisoblanadi. Buxoro, Shahrisabz, Urgut, Nurota, Bulung’ur va b. shaharlardagi korxonalarda qo’lda to’qilgan gilam va paloslarda mahalliy uslub va badiiy usullar saqlanib kelmoqda. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borishi b-n g.s. korxonalariga chet mamlakatlar (Angliya, Polsha, Turkiya, Germaniya va b.) yirik firmalarining zamonaviy texno- logiyalari va asbob-uskunalari keltirib o’rnatildi, shuningdek, qo’shma korxona- lar tashkil etildi (mas, «Xiva gilami» aktsiyadorlik jamiyati). Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eks- portga chiqarilmoqda.