GILGAMESH

GILGAMESH – Shumerdatk Uruk shahrining yarim afsonaviy hokimi (miloddan avvalgi 27-26-asrlar). Miloddan avvalgi 3-ming yillikdagi Shumer epik qo’shiq (Doston) larida va miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlariga oid katta dostonda g.ning yovvoyi odam — Enkidu bilan do’stligi, mangu hayotga erishish siru- asrorlarini izlash yo’lidagi sarguzashtlari bayon etilgan. Gilgamesh haqidagi afsona xettlar, hurritlar va boshqalar orasida ham keng tarqalgan.