Giperonlar

Giperonlar (giper…) — massa- si neytron massasidan katta bo’lgan be- qaror og’ir barionlar. G. yashash vaqti 10 10 s, ya’ni yadro vakti (10~23 s) dan ancha katta. Lyambda (L°), sigma (Z+, IP, Z»). ksi (3-, H°) va Omega (Q.) G.i mavjud. G.ning yuqori qismidagi ishoraning mutlaq qiymati elektron zaryadiga teng elektr zaryadining ishorasini ko’rsatadi. Barcha G. spini 1/2 ga teng, fakat o. niki 3/2. G. kuchsiz o’zaro ta’sir natijasida nu- klonlarga va engil zarralar: ya-mezonlar, elektronlar, neytrinoga parchalanadi va uzoq yashaydi. Ular Vilson kamerasida iz qoldiradi. G. bir necha GeV energiya- li proton tezlatkichlarda olinadi. L0-, Z», E – yoki Q – zarralar har doim pion yoki nuklon b-n birga paydo bo’ladi, shuning uchun g. ajibzarralar deyiladi. G.ning ajibligi yana shundaki, kutilganga nis- batan 1014 marta sekin parchalanadi. L°- zarra (giperon) proton va piondan 37 MeV og’ir, u neytral, Z – zarra (gipe- Ron) L°- zarradan 78 MeV og’ir, l~ gipe- Ron L°- zarradan 205 MeV og’ir. Har bir G.ning antizarrasi — antigiperon mav- jud. Ular G.dan elektr va barion zaryad- larining ishorasi b-n farklanadi.