Giperplaziya

Giperplaziya (giper… va Yun. Plasis — shakllanish, hosil bo’lish) — to’qima va a’zolar tuzilish elementlari (hujayralar)ning zo’r berib ko’payishi natijasida ular sonining ortishi. G. odam, hayvon va o’simliklarda ham kuza- tiladi. G. asosan hujayraning yangidan qosil bo’lishidir, ammo hujayra ichida- gi nozik tuzilmalar (yadro, yadrocha, Mito- xondriya, ribosoma, lizosoma, endoplaz- matik to’r va h.k.)da ham g. ro’y berishi mumkin, ayni vaqtda hujayra ko’payishi b-n birga kattalashadi (yurakning muskul tolalaridagi; buyrak, jigar epiteliy- sining hujayralaridagi g.). G. fizio- logik (mas, homiladorlikda sut bezlari epiteliysining ko’payishi), buzilgan funktsiyani tiklaydigan regenerasiya jarayoni (qon yo’qotilgandan keyin yoki kamqonlikda qon yaratuvchi sistemadagi G.), patologik (endokrin bezlar o’zaro aloqasining buzilishi natijasida o’smalar o’sishi va h.k.) bo’lishi mumkin. G. ba’zan to’qimalarning aynib, atipik ravishda o’sishi va o’sma hosil bo’lishiga olib keladi.