Gipertireoz

Gipertireoz [giper… va lot. (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez] — qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi. Odatda, vaqtincha, ma’lum Fi- ziologik sharoitlarda (homiladorlik, balog’atga etish, klimakteriya davri va h.k.) ro’y beradi. Ruhiy shikastlanish, ba’zan har xil kasalliklar (sil, revma- tizm va b.), kamdan-kam hollarda boshdan kechirilgan kasalliklar oqibatida kelib chikadi. G.da bemor tez charchaydi, pul- si tezlashadi, qo’li qaltiraydi, qattiq terlaydi, asosiy moddalar almashinuvi tezlashadi, ozib ketadi (yana q. Tireotok- sikoz).