GIPERTONIYA KASALLIGI

GIPERTONIYA KASALLIGI, birlamchi (essentsial) arterial giper- toniya, idiopatik arterial giperto- niya — odamlarda ko’p uchraydigan (75% gacha) arterial qon bosimining oshishi. Sabablari: turli o’tkir yoki surunka- li ruhiy (emosional) iztiroblar, ir- siy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik va b. G.k. klinik kechishiga qarab ikki xil bo’ladi: 1) sokin, uzoq muddat davom eta- digan va 2) shiddatli, tez rivojlanadi- gan va qisqa vaqt ichida bosh miya, buyrak etishmovchiligi hamda ko’rishning ke- skin pasayishiga olib keladigan shakl. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomo- nidan 1978 y.da qabul qilingan g.k.ning tasnifi quyidagi bosqichlardan iborat: I bosqich qon bosimi oshishining ko’rsatkichi 140/90 mm simob ustunidan yuqori bo’lib (mas, 150-180/90-* 105) Markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir va buyrak sistemasining zararlanishi bel- gilarisiz kechadi, uzoq muddat davom et- maydi va bemor iztirobdan qutilgandan so’ng hamda qon bosimini tushiruvchi, tinchlantiruvchi dorilar ichilgandan va organizmga ma’lum muddat dam be- rilgandan keyin uning ahvoli yaxshila- nadi va arterial bosim ko’rsatkichlari tez orada mo»tadillashadi. II bosqichda arterial bosimning Sisto- lik ko’rsatkichi 160-179 mm simob ustu- niga, diastolik ko’rsatkich esa 100-109 mm simob ustuniga teng bo’lishi va un- dan ham yuqoriga ko’tarilishi mumkin. Bu bosqichda patologik o’zgarish asosan yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi b-n belgilanadi, shuningdek, to’r parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal to- rayishi, mikroalbuminuriya, ya’ni siy- dikda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin kontsentrasiyasining qisman oshishi (1,2—2,0 mg/dl) kuzatiladi. Ul- tratovush tekshiruvi yoki angiografiya (son arteriyalarida, aortada, yonbosh va son arteriyalarida o’tkazilgan) orqali atero- sklerotik o’zgarishlar (pilakchalar)ni aniqlash mumkin. Klinik shikoyat- lari tez-tez bosh og’rishi, bosh ay- lanishi (gipertonik krizlar), yurak sohasida og’riq, noxushliklardan iborat. III bosqichda bemorlarda qon bosimi ko’rsatkichlari yanada yuqori (Sisto- lik-180—209 mm, diastolik esa 110— 119 mm simob ustuniga teng va undan ham yuqori) va doimiy bo’ladi. Bu bosqichning klinik manzarasi rang-barang bo’lib, nafaqat yurak-tomir sistemasida (ste- nokardiya, miokard infarkti), balki bosh miya qon tomirlarida xam patologik o’zgarishlar (gemorragik insult, entse- falopatiya), buyrak etishmovchiligi (ne- froangioskleroz) hamda ko’z to’r parda- siga qon quyilishi kuzatiladi. Bunday og’ir asoratlar sodir bo’lgan paytlar- da qon bosimi ko’rsatkichlari pasayi- shi, hatto normallashishi ham mumkin. G.k.ga to’g’ri tashhis qo’yish bemorda ikkilamchi arterial gipertenziya sa- bablarini bartaraf etishga bog’liq. G.k.ni davolash murakkab va uzoq, davom etadigan jarayon bo’lib, bemordan vrach ko’rsatmalarini qat’iy bajarishni ta- lab etadi. Avvalo bemor o’zining hayot FA- oliyati, ovqatlanish, ishlash va dam olish rejimlarini o’zgartirishi, mas, spirtli ichimlik ichish va chekishdan voz kechishi, sho’r, yog’liq ovqatlarni kam iste’mol qilishi, semirishga yo’l qo’ymasligi, kam suyuqlik ichishi, engil jismoniy mashqlar qilishi: bir oz yurishi, se- kin yugurishi (puls o’lchab turiladi), chang’ida yurishi, velotrenajordan foy- dalanishi, dam olish kunlarini unumli o’tkazishi (shahardan chetga chiqish, toza havodan nafas olish, tiniqib uxlash), autotrening b-n shug’ullanish, turli asabiy-ruhiy his-hayajonlardan uzoqroq bo’lishga harakat qilishi kerak. Shu- ningdek, psixoterapiya, giperbarik OK- sigenasiya, elektruyqu, akupunktura va massaj usullaridan foydalanish lozim. Doridarmonlar b-n davolanish oilaviy vrach yoki kardiologning ko’rsatmasi aso- sida olib boriladi. Hoz. qon bosimini tushiradigan preparatlarning turlari va son-sanog’i juda ko’p. Davolovchi vrach G.k.ning bosqichini hisobga olib, bir yoki bir necha gipotenziv preparatlarni bemor mizojini e’tiborga olgan holda ma’lum muddatga tavsiya etadi va davo natija- sini muntazam nazorat qilib boradi. Erkin Qosimov.