Gipoplaziya

Gipoplaziya (gipo… va Yun. Plasis — shakllanish, xrsil bo’lish), giponeziya — embrional rivojlanish buzilgani sa- babli to’qima, a’zo, gavdaning bir qismi va butun organizmning o’smay qolishi, chala etilishi. Turli a’zolardagi g.ning axamiyati har xil. Juft a’zolardan biri (mas, buyrak) normal rivojlangan holda ikkinchisining o’smay qrlishi unchalik sezilmaydi, chunki normal rivojlangan buyrak gipertrofiyalanadi. Boshqa a’- zolar, mas, bosh miyaning o’smay qolishi (mikrosefaliya) butun organizmga yomon ta’sir etib, uni ko’pincha erta halok qiladi. Tashqi va ichki muhitning turli omillari (onaning turli kasalliklari, nur energiyasi ta’siri, shikastlanish, noto’g’ri ovqatlanish), shuningdek, onadan bolaga o’tadigan yuqumli kasalliklar (qizilcha, toksoplazmoz, tsitomegaliya, po- liomielit) g.ga sabab bo’lishi mumkin.