GIPPURAT

GIPPURAT kislota (lot.hippos -ot va uron — siydik), benzoilgli-kokoll, benzoilglisin, C6H5CONH2CH2COOH – organik modda; odam va qayvonlar (ayniqsa, o’txo’r hayvonlar) organizmi- da moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri. Jigar va buy- raklarda benzoy kislota b-n glisindan hosil bo’ladi (oziq-ovqat, ayniqsa meva- dagi zaharli benzoy kislotaning zarar- siz holga kelish mahsuli). Siydik b-n sutkasiga 0,7 g chamasi g. k. chiqib turadi. Epidemik gepatit, jigar tsirrozi, yurak dekompensasiyasi va buyrak kasalli- klarida g. k. kam chiqadi. Jigar qanday ishlayotganini aniqlash uchun klinikada bemorga natriy benzoy ichirib, siydigi- dagi g. k. aniqlanadi (Kvik usuli).