Girlandayo

Girlandayo (Ghirlandaio, asli Di Tommazo Bigardi, di Tommaso Bigardi) Domeniko (1449 — Florentsiya — 1494.11.1) — italiyalik rassom, Uyg’onish davri namoyandasi, Florentsiya maktabiga mansub. A. Baldovinettidan ta’lim ol- gan. G. ijodining ilk davrlarida Flo- rentsiya va Niderlandiya rassomlaridan ta’sirlangan (San-Jiminyanodagi Cher- kov devoriy rasmlari, taxm. 1475 va b.)- Qad. san’atni o’rganish g. uslubini to’la shakllanishiga olib keldi. Santa-Tri- nita (1483 — 86), Santamariya novella (1485-90) va b. cherkovlardagi turkum asarlari aniq kompozision qurilishi, tantanali mazmundagi vokealarning Florentsiya binolari va maydonlari za- minida tasvirlanishi, maishiy lavhalar va zamondoshlari portretlarini asarla- riga dadil kiritishi (diniy mazmun b-n Real hayotning uyg’unlashtirilishi) b-n diqqatga sazovor. G. dastgoh asarlari qam yaratgan.