Gitara

Gitara (ispancha quitarra < Yun. kithara — kifara) — torli tirnama soz. 13-a. dan Ispaniyada mashhur bo’lgan, 17-a. dan Italiya va b. Evropa mamlakatlarida hamda Amerikada keng tarqalgan. Dast- lab 4-5 juft torli g. ishlatilgan. 18-a. 2-yarmidan 6 (yakka) torli g. millatlararo eng ommabop cholg’ulardan. Juda mayin va yoqimli tovushga ega bo’lgan g. asosan jo’rnavoz, ansambl hamda yakkanavoz soz sifatida qo’llaniladi. 20-a.da «Gavay G.si» (tizzaga qo’yib maxsus plektr b-n chalinadi), jaz-g., elektro- (yakkanavoz, ritm va bas) g.lar paydo bo’lgan. Toshkent estrada-tsirk kolleji, Toshkent davlat konservatoriyasi va b. musika bilim yurt- larida g.sinfi bor.