Giyon
Giyon —Eron hududi (Hamadondan 70 km Jan.da)dagi qad. o’troq qabilalar manzilgohi. Uning 19 m li madaniy qatlami 5 kompleksga bo’linadi. G. V (mil. AV 5-ming yillikning oxiri — 4-ming yillik) 4 bosqichdan iborat. G. V—A da geometrik chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar ko’p tarqalgan. F.V—V da mis buyumlari paydo bo’lgan, ba’zi idishlarda echki surati bor. G. V—S da qush surati tushirilgan buyum- lar uchraydi. G. V—D dan suza-A tipi- dagi kulolchilik mahsulotlari topilgan. G. IV (mil. AV. 3-ming yillik) qatlami muayyan uslubga ega bo’lgan qush surati tushirilgan idishlarning o’ziga xosligi b-n ajralib turadi. Bu qatlamga tegishli qabrlardan ko’pgina mis buyumlar (bol- ta, nayza uchlari, to’g’nog’ich va b.) topil- gan. G. III (mil. AV. 3-ming yillik oxiri —2-ming yillik) qatlamida naqshli qadahlar uchraydi. G. II da qush surati va naqshlar b-n bezatilgan idishlar bor. G. I (mil. AV. 2-ming yillikning oxiri -1- ming yillik)da naqshsiz, qizil yoki qora rangli sopol buyumlar asosiy o’rinni egallaydi, temir bugomlar ham uchraydi.