Glyukoza

Glyukoza (Yun. glykys — shirin), uzum shakari, dekstroza — tabiatda ko’p uchraydigan uglevod; geksozalarga, ya’ni uglerod atomlari 6 ta bo’lgan monosaxa- ridlarga kiradi. Rangsiz kristall mod- da. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish t-rasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni o’ngga buradi. VI- ruslardan tortib yuksak o’simliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam) gacha barcha tirik organizmlarning zarur tarkibiy qismi. U barcha organizmlarda-gi aksari sintez va parchalanish reaktsi- yalarida qatnashadi. Sanoatda kraxmalni gidrolizlab olinadi. Qandolatchilikda, tibbiyotda ishlatiladi. Odam va hayvonlar to’qimasida g. zaxi- radagi uglevod — glikogetga aylanishi mumkin. U ko’pgina moddalar almashinu- VI reaktsiyalarida qatnashadi, uglevod- lar almashinuvining asosiy qismini tashkil etadi. Organizmlar uchun aso- siy energiya manbai hisoblanadi. Odam krnida taxminan 100 mg g. bo’lib, uning miqdori gormonlar (q. Gormonal regu- lyasiya) va Markaziy nerv sistemasi to- monidan boshqariladi. U organizmda suv rejimini boshqaradi, hujayralar faoliyatini izga soladi, zaharli mod- dalarni zararsizlantiradi, yurakning muskul vazifasini oshiradi, tomir- larni kengaytiradi, siydik ajra- lishini tezlashtiradi va b. Ko’pgina kasalliklarda qonda g. miqdori osha- Di (q. Giperglikemiya), natijada u siydik b-n ajralib chiqa boshlaydi. G. preparatlaridan tibbiyotda keng foy- dalaniladi.