Gofmeyster

Gofmeyster (nemischa Hofmeister)-Germaniyada o’rta asrlarda saroy lavozimi; Rossiyada saroy mansabi va 3-darajali lavozim. 1722 yili joriy etilgan. Gofmeyster zimmasiga saroy xo’jaligi va xizmatkorlarini boshqarish vazifasi yuklangan.